2016-yilning 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston—AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundini o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Nisha Desai Bisval bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
2014-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundidan keyingi davrdagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Xalqaro muammolarni muhokama qilish doirasida Afg‘onistondagi vaziyat rivojiga hamda mintaqaviy masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Izoh (0)