Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda 60 kun muddatga favqulodda iqtisodiy holat e’lon qildi. Bu qaror to‘g‘risida Davlat rahbarining Milliy assambleyada mamlakatdagi holat yuzasidan chiqishi arafasida ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi Meduza.
Hujjatda aholini eng zarur mahsulotlar bilan ta’minlash, xususiy va davlat kompaniyalariga ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish talabini qo‘yish, import shartlarini o‘zgartirish, soliq to‘lashdan qochishga qarshi kurash va boshqa choralar ko‘zda tutilgan. Qaror muxolifat ko‘pchilik ovozga ega bo‘lgan Milliy assambleyada tasdiqlanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Bloomberg agentligi tomonidan tuzilgan 2016-yilda iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutishi taxmin etilgan mamlakatlar o‘ntaligida yalpi ichki mahsuloti 3,3 foizga pasayishi kutilayotgan Venesuela peshqadamlik qilmoqda.
Izoh (0)