Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Shvetsiya TIV rahbari Margo Vilstremning isroillik harbiylar tomonidan falastinliklarning o‘ldirilishi qonunga zid bo‘lishi mumkinligi haqidagi so‘zlarini g‘azablantiruvchi so‘zlar deb atadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Avvalroq Vilstrem hududda oxirgi oylar davomida falastinliklarning o‘ldirilishi yuzasidan chuqur va xolis surishtiruv olib borishga chaqirgan edi.
“Menimcha, Shvetsiya TIV rahbarining so‘zlari kishini g‘azablantiruvchi, axloqsiz va nohaq so‘zlar hisoblanadi… Odamlar ularga pichoqlar bilan hujum qilib, o‘ldirishga tayyor bo‘lgan kishilardan o‘zlarini himoya qilish uchun ularga javoban o‘q uzmoqda. Bu harakatlar noqonuniy odam o‘ldirish deb ataladimi?” — dedi unga javoban Netanyaxu.
O‘tgan yilning oktabr oyidan buyon Isroilda 150 dan ortiq falastinlik o‘ldirilgan. Isroil tomoni ularning aksariyati o‘zlari hujum qilgan paytda o‘ldirilganligini ta’kidlamoqda.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlardan birida 26 nafar isroillik o‘ldirilgan.
Izoh (0)