Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker 15-yanvar, juma kuni Yevropa Ittifoqining qochoqlarni Italiya va Gretsiyadan boshqa mamlakatlarga yo‘naltirish bo‘yicha harakatlari muvaffaqiyatsiz bo‘lganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Uning so‘zlariga qaraganda, hozirgi paytga qadar rejalashtirilgan 160 mingdan faqat 272 nafar muhojir ko‘chirilgan. Shu bilan birga, Yunker Yevropaning qochoqlar bo‘yicha qonunchiligi qaytadan ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Uning ma’lum qilishicha, 2016-yilning mart oyida Yevrokomissiya Dublin kelishuvini isloh qilish bo‘yicha taklif kiritadi.
Yunkerning so‘zlariga qaraganda, har bir davlat qochoqlarni qabul qilishi lozim. Shu bilan birga u qochoqlarni qonuniy ko‘chirish yo‘llari yaratilishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)