Jakarta markazida sodir etilgan ketma-ket portlashlar natijasida halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” politsiyaga tayanib.
Jakarta markazidagi ketma-ket portlashlarni 10—14 jangari, jumladan, bir nechta xudkush terrorchi amalga oshirgan. Qurbonlardan biri politsiya ofitseridir.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda oltitagacha portlash qayd etildi. Ulardan biri savdo markazi, boshqasi Starbucks kafesi yaqinida sodir bo‘ldi.
Avvalroq ushbu portlashlar natijasida BMT xodimi yaralangani xabar berilgan edi. BMT binosi Starbucks kafesi yaqinida bo‘lgan.
Izoh (0)