Jakartada sodir bo‘lgan ketma-ket portlashlar natijasida BMT xodimi yaralandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” ABC telekanaliga tayanib.
Ta’kidlanishicha, portlashlardan biri Starbucks kafesi yaqinidagi BMT binosi yonida yuz bergan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Indoneziya poytaxtiga uyushtirilgan qurolli hujumni IShID jangarilari tashkil qilgan bo‘lishi mumkin. CNN yozishicha, jangarilar politsiya uchastkasini nishonga olmoqchi bo‘lgan.
Guvohlarning ta’kidlashicha, Jakartaning turli hududlarida jami oltitaga yaqin portlash yuz berdi.
Izoh (0)