Angliya Premyer-ligasi rahbariyati homiy bilan shartnomaning tugashi munosabati bilan rebrending tayyorlamoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Barclay’s sohiblari Angliya Premyer-ligasi yangi shartnomani tuzishda homiylik mablag‘larining sezilarli darajada oshirilishini talab qilishidan xavfsiramoqda.Ushbu mavsum davomida yakunlanuvchi joriy shartnoma yiliga 40 million funt (53,4 million yevro) to‘lanishini ko‘zda tutar edi.
Bankirlar Angliya Premyer-ligasi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Shuning uchun Premyer-liga rahbariyati yanvarda yangi logotipni yaratish uchun ijodiy agentlikni tanlaydi. Oxirgi yillar davomida Angliya Premyer-ligasining ramzi bo‘lib kelgan sher tasviri uning gerbidan g‘oyib bo‘ladi.
Izoh (0)