Ukraina Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan 2016-yilning 1-yanvarida belgilangan narx bo‘yicha Rossiya gazini sotib olishdan bosh tortdi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning fuqarolarga videomurojaatiga tayanib, Meduza xabar beradi.
Bosh vazirning so‘zlariga qaraganda, Ukraina “yetarli hajmdagi” gazni to‘plagan. Uning ma’lum qilishicha, Ukraina 13 milliard kub metr gazga ega.
“Biz Rossiyadan gaz xarid qilmaymiz, chunki Yevropa Ittifoqidan Rossiya bizga taklif qilgandan arzonroq narxda gaz sotib olamiz. Yevroittifoqdan gaz xarid qilishning o‘rtacha narxi 200 dollar atrofida”, — dedi Yatsenyuk.
30-dekabr kuni Rossiya hukumati tomonidan tasdiqlangan stavkaga ko‘ra, Ukraina Rossiya gazining ming kub metrini 212,23 dollardan xarid qilishi mumkin.
Izoh (0)