Fantomas komediya trilogiyasida ayni qahramon rolini o‘ynagan aktyor Jan Mare qabri noma’lum shaxslar tomonidan talon-taroj qilindi. Bu haqda Le Croix nashri xabar qilmoqda.
Jan Marening qabr toshidan “Sohibjamol va maxluq” filmidagi maxluq aks ettirilgan bronza haykali qo‘porib olib ketilgan.
Ma’lum qilinishicha, haykalning o‘g‘irlangani 2016-yil 7-yanvar kuni aniqlangan. To‘rt ming yevroga narxlanayotgan haykal 35 kilogramm og‘irlikda bo‘lib, uning balandligi 60 santimetr bo‘lgan.
Bronza quymasi haykaltaroshlik san’ati bilan ham shug‘ullanib kelgan Marening hozirgacha saqlanib qolinmagan ijodi asosida yaratilgan. Aktyorning qabrida bu kabi ikkita haykal, sherning boshini aks etuvchi bronza niqobi, qanotli va shoxli katta sfinks haykali o‘rnatilgan edi.
Izoh (0)