Los-Anjelesdagi (AQSh) “Beverli Xilton otel” mehmonxonasida 10-yanvar, yakshanba kuni nufuzi bo‘yicha “Oskar”dan keyingi o‘rinda turuvchi kino va televideniye sohasidagi “Oltin globus” mukofotining 73-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Marosimdagi ilk haykalchani “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida britaniyalik aktrisa Keyt Uinslet “Stiv Jobs” filmidagi roli uchun qo‘lga kiritdi. Mazkur nominatsiyaga Jennifer Jeyson Li, Xelen Mirren, Alisiya Vikander va Jeyn Fonda ham da’vogarlik qilgandi.
“Eng yaxshi komediya seriali” yo‘nalishida “Changalzordagi Motsart” mukofotga loyiq ko‘rildi. “Aqldan ozgan sobiq ma’shuqa” serialidagi roli uchun Reychel Blum “Komediya serialining eng yaxshi aktrisasi” deya tan olindi.
Izoh (0)