AQShda o‘ynaladigan Powerball lotereyasining galdagi jekpotida aql bovar qilmas darajadagi summa — 1,3 milliard dollar o‘ynalishi mumkin. Shu tariqa mamlakat tarixida ilk bor yutuq miqdori 1 milliard dollardan oshdi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Lotereyaning 9-yanvar, shanba kungi tirajida 948,8 million dollar o‘ynaldi. Uning arafasida lotereya chiptalari sotuvi ham rekord darajada bo‘lgani qayd etildi. Masalan, odatiy kunlarda Kaliforniyada chipta tushumi kuniga 1 million dollarni tashkil etsa, 9-yanvar kuni bu ko‘rsatkich soatiga 2,8 million dollardan iborat bo‘lgan.
Oxirgi marta Powerball’da rekord darajadagi summani 2014-yil aprelida kaliforniyalik pensioner Reymond Bakston yutib olgandi: u qo‘lga kiritgan jekpot 425,3 million dollarni tashkil etgan.
Izoh (0)