Saudiya Arabistoni Tojikistondagi Kulob-Sho‘robod va Shkev-Qalai Xumb hududlarida yo‘llarni qayta ta’mirlash loyihasi uchun mamlakatga Islom taraqqiyot banki (ITB) orqali 108 million dollar miqdorida kredit ajratadi. Bu haqda “Dialog” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, loyihani amalga oshirish muddati tender ishlari yakuni bilan aniqlanadi.Ta’kidlanishicha, Tojikistonning Xitoy bilan bo‘lgan chegarasigacha bir qancha yo‘l, shu jumladan, Qalai Xumb-Rushon va Vanj-Xorog yo‘llari qayta ta’mirlashga muhtoj bo‘lib turibdi.
Izoh (0)