Angliyada davom etayotgan Tradewise Hastings Masters turnirida o‘zbekistonlik Jahongir Vohidov 8-turda vengriyalik Fodor Tamashni mag‘lub etdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Musobaqa peshqadamlari – vengriyalik Ferens Berkesh va polshalik Aleksander Mista o‘zaro uchrashuvda durangga imzo chekdi. Bu esa Jahongir Vohidovga 6,5 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib olishiga imkon berdi.
5-yanvar, seshanba kuni o‘zbekistonlik shaxmatchi turnirning ikkinchi raqamli ishtirokchisi Igor Xenkinga qarshi bahs olib boradi. Germaniyalik bu grossmeyster 6 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.
Izoh (0)