Rossiyaning Kirov shahridagi sirkda tomosha ko‘rsatayotgan havo gimnastikachisi qiyin harakatni amalga oshirayotganda balandlikdan pastga tushib ketdi. Bu haqda “Progorod43.ru” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, voqea 3-yanvar kuni “Shahrizoda tushlari” sirk dasturining namoyishida sodir bo‘ldi. Sirkning gumbazida himoyasiz tomosha ko‘rsatayotgan qiz kutilmaganda pastga tushib ketib, orqasi bilan yerga urildi.
Bir necha kishi gimnastikachini zambilga yotqizib, sahna ortiga olib ketdi. Tomoshabinlar orasidan tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan ikki kishi birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatdi. Tomosha to‘xtatilmadi.
Voqeadan keyin, yiqilgan qiz o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, u o‘z hushida ekanligi va qisqa vaqtdan keyin shoudagi ishtirokini davom ettirishini ma’lum qildi.
Izoh (0)