Moskvadagi besh qavatli binolarning biridagi lift pastga tushib ketsa-da, liftda bo‘lgan ayol tirik qoldi va jiddiy jarohat olmadi. Bu haqda “TASS” bergan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, poytaxtning Dubosekovskaya ko‘chasidagi 7-sonli besh qavatli binodagi lift to‘rtinchi qavatdan pastga tushib ketgan. Halokat vaqtida liftning ichida bo‘lgan ayol jiddiy jarohat olmadi va shifoxonaga yotishdan bosh tortdi.
Dekabr oyida Moskvadagi Ostrovityanova ko‘chasidagi uyda liftning tros simi uzilib, pastga tushib keta boshlaganligi va lift eshigining bolalar aravachasini qisib qolganligi oqibatida 10 oylik bola nobud bo‘lgandi.
Izoh (0)