Jazoir hukumatining mudofaa qo‘shini va xavfsizlik kuchlari tomonidan 2015-yil davomida 157 nafar terrorchi, shu jumladan, 10 nafar guruh boshlig‘i yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, terrorchilarni bartaraf qilish bo‘yicha barcha tadbirlar, terrorchi guruhlarning qoldiqlariga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish, mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan har qanday xavf-xatarga tayyor bo‘lish maqsadida doimiy hushyorlik va tezkor tayyorgarlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirildi.Bundan tashqari, Jazoir hukumati armiyasi va xavfsizlik kuchlarining o‘zaro kelishilgan harakati va hamkorlikda uyushtirgan operatsiyalari davomida yuzlab avtomat, pulyemyot, miltiq, granatomyot, optik nishonli soyli miltiq, shuningdek, qo‘lbola bomba, granata va zambarak o‘qidan yasalgan 1,2 mingdan ziyod portlovchi moslamadan iborat bo‘lgan terrorchilarning qurol-yarog‘ zaxirasi qo‘lga olinganligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)