Janubiy Xitoyning Guandun provinsiyasidagi Shenchjen shahrida Osiyodagi eng katta yer osti temiryo‘l vokzali ochildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Yangi vokzalga ― Futyan tezyurar temiryo‘l vokzali deya rasmiy nom berildi. Vokzalning umumiy maydoni 147 ming kvadrat kilometrga yaqin bo‘lib, uni taqqoslaganda 21 ta futbol maydoniga teng. Stansiya yer ostiga uch qavatga tushgan.
Vokzalni boshqaruvchi Guangzhou Railway Corporation kompaniyasining ta’kidlashicha, vokzalning kutish zallarida uch mingga yaqin yo‘lovchi qo‘laylik bilan joylashishi mumkin.
Yangi stansiya Guanchjou ma’muriy markazi va Gonkong o‘rtasida qatnaydigan tezyurar poyezdlarga xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)