Gazprom International ijrochi direktori Valeriy Gulev lavozimini tark etdi. Kompaniyaga hozircha yangi rahbar tayinlanmagan, deya xabar beradi “RBK”.
Gazprom International “Gazprom”ning Rossiyadan tashqarida uglevodorod konlarini qidirish va qazib olish bo‘yicha loyihalarining yagona operatori hisoblanadi.
Gulev kompaniyaga 2011-yilda direktor etib tayinlangan, ungacha 10 yil davomida “Zarubejneftegaz” aksiyadorlik jamiyatini boshqargandi.
Izoh (0)