Rossiyaning Primorye o‘lkasida bayramona o‘tirish vaqtida o‘likdek qotib qolgan erkak o‘likxonada o‘ziga kelib, bayramni davom ettirish uchun o‘likxonadan qochdi. Bu hadqa “Vesti” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, do‘stlari bilan ichkilikbozlik qilgan erkak, keragidan ortiq spirtli ichimlik iste’mol qilib yuborganidan so‘ng, hushini yo‘qotgan. Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar bemorga hech qanday yordam berib bo‘lmaydi, deb hisoblab, uni o‘likxonaga olib ketgan.
Ma’lum vaqt o‘tib, o‘likxonada qo‘riqchilik qilayotgan ayol muzlatish xonasining eshigi ichkaridan taqillayotganini eshitib qolgan. Ayol qo‘rqib ketib, tez yordamni chaqirgan, shifokorlar esa politsiyaga murojaat qilgan. Politsiya xodimlari esa o‘likxonadagi “o‘lik” o‘zi yurib chiqayotganini ko‘rgan.
Xabar berishlaricha, o‘likdek mast odam o‘likxonaga olib kelingan kuni, o‘likxona jasadlar bilan to‘lib ketgan edi, shu sababli uning jasadi muzlatish xonasi poliga qo‘yib ketilgan. “O‘lik” o‘ziga kelib, ko‘zini ochganida, dastlab qayerda ekanligini tushunmagan, biroq keyin dahshatdan qulflangan eshikka otilgan.
“‘Tirilgan o‘lik’ni isitib, so‘roq qilib, so‘ng uyiga qo‘yib yuborishdi. U esa, ko‘p o‘ylab o‘tirmay, uning xotirasi uchun aroqxo‘rlik qilib o‘tirgan do‘stlari oldiga yo‘l oldi. Kechagina “o‘lgan” do‘stining kirib kelganini ko‘rib, boshqa bir shishadosh hushidan ketgan, biroq bu holat bayramni davom ettirishga xalal berolmagan”, — deyiladi “Vesti” xabarida.
Izoh (0)