Suriya shimoli-sharqida joylashgan Qamishli shahridagi ossuriylar dahasi markazida yuz bergan uchta portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohat oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shahardagi ikkita restoranda portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Uchinchi bomba unga qarata o‘q uzilgandan so‘ng portlagan. “Al-Mayadin” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, portlashlar yuz bergan joy yaqinida to‘rtinchi bomba topilgan, sapyorlar uni zararsizlantirish bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)