Meksika shimolida hukm surayotgan qattiq sovuqlar oqibatida halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi: Chiuaua va Sonora shtatlarida uch nafardan odam hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Meksika fuqarolik mudofaasi milliy xizmati 30-dekabr, chorshanba kuni Chiuaua shtatining 20 munitsipiyasida kuchli qor va sovuq tufayli favqulodda holat e’lon qildi. Mazkur hududlarda 15 darajagacha sovuq qayd etilmoqda. Mahalliy rasmiylarga maxsus fonddan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va dori-darmon xarid qilish uchun mablag‘ ajratilishi ma’lum qilingan.
Izoh (0)