Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li Rossiyaning Su-24 rusumli harbiy samolyotiga hujum qilishga buyruq bermaganligini bayon qildi. Bu haqda NTV telekanali bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
“Men bu samolyotni urib tushirishga buyruq bermaganman. Menga 17 soniya ichida ham murojaat qilinib, ham men bu kabi buyruq berishga ulgurishim mumkinmi? Yo‘q, buning iloji yo‘q. Bosh vazir tahdidlarga javob berish qoidalarini kuchga kirishi haqida buyruq beradi, xolos”, ― dedi Davuto‘g‘li.
Davuto‘g‘lining ta’kidlashicha, hodisa sodir bo‘lishidan ikki kun oldin bosh shtab ushbu qoidalarni qo‘llash vakolatini Turkiya Harbiy-havo kuchlariga bergan edi.
Izoh (0)