Qutqaruvchilar Rossiyaning Volgograd shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portlashi oqibatida halok bo‘lgan beshinchi kishining jasadini topdi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy vakili Dmitriy Ulanov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Jasadi topilgan shaxs taxminan 73 yoshlardagi ayol ekanligi va u portlash ro‘y bergan kvartirada yashaganligi aytilmoqda. Halok bo‘lganlar oilasiga 1 million rubl berilishi, shuningdek, dafn etish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanishi bildirilgan.
Izoh (0)