Parij rasmiylari xavfsizlik choralarini ta’minlash maqsadida, an’anaviy mushakbozlikni bekor qilib, bayram tadbirlarini qisqartirishga qaror qildi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
“Biz Yangi yilni vazminlik va yakdillik bilan kutib olishga qaror qildik”, ― dedi Parij meri Ann Idalgo.
Ta’kidlanishicha, sayyohlar Parijning diqqatga sazovor bo‘lgan joylari va ko‘chalarida ilgarigidek bo‘lishi mumkin, lekin bu yilda ular keng ko‘lamli bayramona namoyish va mushakbozlikni ko‘rmaydi.
Bundan tashqari, spirtli ichimlikning savdosi cheklanadi.
Izoh (0)