Tailand poytaxti Bangkokda Yangi yilni kutib olish munosabati bilan eng ommaviy tantanalar o‘tkaziladigan Central World savdo markazi kuchaytirilgan nazorat ostiga olindi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Bangkok politsiyasining ma’lum qilishicha, besh mingdan ziyod huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bu yerdagi xavfsizlikni ta’minlaydi.
Omma to‘planadigan joyga kiraverishda metall qidiruvchi uskuna ramkalari o‘rnatildi. Portlovchi moslamalarni aniqlash maqsadida hudud atrofi kinologlar tomonidan ko‘zdan kechirilmoqda.
Izoh (0)