“Tirik Sayyora” telekanali mashhur bo‘lib ketgan hayvonlarning g‘aroyib do‘stligi haqida ko‘plab yangi voqealarni aytib beruvchi “Yo‘lbars Amur va echki Timur. Ajoyib do‘stlik” hujjatli filmini suratga oldi. Bu haqda “VGTRK raqamli televideniyesi” matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Filmning ilk namoyishi “Rossiya 24” telekanalida 31-dekabr kuni, “Tirik Sayyora”da esa 2016-yil 7-yanvarda bo‘lib o‘tadi.
“Turli mamlakatlarning OAV safari parkidagi yangiliklardan muntazam ravishda xabardor qilib turgan bo‘lsada, Amur va Timurga tegishli bo‘lgan ko‘p ma’lumot hanuzgacha sir bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, “Tirik Sayyora” rossiyaliklarga haqiqatni aytib berishga qaror qildi va ilk to‘liq metrajli hujjatli filmini suratga oldi”, ― dedi matbuot xizmati.
Suratga oluvchi guruh va telekanal tomoshabinlariga o‘zining ko‘plab qiziqarli ko‘rsatuvlari bilan tanilgan, hayvonlar bo‘yicha mutaxassis jurnalist Eleonora Lyubimova dekabr oyi davomida Primoryedagi safari bog‘ida bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yo‘lbars Amur va echki Timurning kundalik hayotini kechayu-kunduz onlayn tartibda kuzatish imkoniyati paydo bo‘lganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)