2020-yilgacha Dubayning o‘z Tojmahali paydo bo‘ladi, deya xabar bermoqda “Russkiye Emirati” jurnali. “Toj-Arabiya” sayyohlik majmuasi 2016-yilda qurila boshlaydi. Ta’kidlanishicha, u Hindistondagi tarixiy yodgorlikning ayni nusxasi bo‘lmaydi.
“Toj-Arabiya” Dubailand ko‘ngilochar bog‘i hududida sakkiz gektar maydonda joylashadi. Majmua 400 xonadan iborat besh yulduzli mehmonxona, 300 ta turar-joy apartamenti, do‘konlar, butiklar, ikki ming o‘rinli banket zalini o‘z ichiga oladi.
Loyiha mualliflari “Toj-Arabiya” Burj Xalifa bunyod etilgan vaqtdan buyon amirlik tarixidagi eng yirik qurilish loyihasi bo‘lish bilan birga, Dubayda “Ekspo-2020” o‘tkazilayotgan vaqtda “sayyohlik Makkasi”ga aylanishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)