Xitoy hukumati Dalyan shahri portida aynigan baliq ortilgan Rossiyaning “Professor Megrabov” kemasini hibsga olishga qaror qildi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
Kemani yollagan RIMSCO korxonasining ma’lum qilishicha, xitoyliklar, kema ekipajining aybi bilan ustidan moyli suv to‘kilib ketgan muzlatilgan baliqni qabul qilishdan bosh tortgan. Yuk buyurtmachisi e’tiroz bildirgach, kema hibsga olindi.
Rossiya dengizchilari uyushmasining Uzoq Sharq hududiy bo‘linmasi raisi Nikolay Suxanov kema ekipaji uyushmaga shikoyat bilan murojaat qilmaganligini ta’kidladi.
“Professor Megrabov” kemasi Xitoyda hibsga olingani 2015-yil 29-oktabrda ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)