Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Isroilning BlindSpot messenjeriga investitsiya kiritdi. Bu haqda Isroilning Globes online portali ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Nashrning ma’lum qilishicha, joriy yilning bahoridayoq Abramovich investitsiya kiritishda yetakchilik qilgan edi. Natijalarga ko‘ra, messenjer ishlab chiquvchilariga 35 million dollar miqdorida investitsiya jalb etilgan.
Abramovichdan tashqari, BlindSpot messenjeriga o‘z mablag‘larini Tiesto dijeylari, Devid Getta, ABBA prodyuseri Benni Andersson kabi shou biznes yulduzlari ham kiritdi.
BlindSpot Shellanoo Group texnologiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, interaktiv mobil dasturlar va internet xizmatlarga ixtisoslashgan.
Izoh (0)