Mixail Xodorkovskiyga davlat tomonidan tayinlangan advokatlar uning sirtdan hibsga olinishi yuzasidan sudga shikoyat kiritdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“23-dekabr kuni Mixail Xodorkovskiyga nisbatan sirtdan hibsga olish haqida Basmanniy sudi tomonidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat kelib tushdi”, — deb ma’lum qildi Basmanniy sudi matbuot kotibi Yunona Saryeva.
Xodorkovskiyni sirtdan hibsga olish haqidagi qarorning qonuniyligi masalasini Moskva shahar sudi ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tergov qo‘mitasi vakili Vladimir Markin sud YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyni sirtdan hibsga olganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)