Hyundai Motor, Renault Samsung va Mercedes-Benz kompaniyalari aniqlangan turli nosozliklarni bartaraf qilish uchun Janubiy Koreyadan 29 mingta avtomashinani chaqirtirib oladi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Xususan, Hyundai Motor kompaniyasining Genesis rusumli sedanlariga 2013-yil fevral—dekabr oylari davomida o‘rnatib kelingan Ventus S1 Noble 2 g‘ildirak shinalari mikroyoriq hosil qilishga moyil bo‘lib, shinadagi havo bosimining pasayib ketishiga sababchi bo‘lgan.
Renault Samsung, yoqilg‘i yetkazib berish quvurida aniqlangan nosozlik yong‘inga sababchi bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, 2015-yil iyul oyidan 2016-yil avgust oyigacha ishlab chiqarilgan 10,2 mingta QM5 dizelli krossover avtomashinalarini chaqirtirib olmoqda. Bundan tashqari, xavfsizlik yostiqlaridagi nosozlik tufayli 2002-yil fevral oyidan 2003-yil fevral oyigacha ishlab chiqarilgan SM3 rusumli sedanlar ham ta’mirlash uchun qaytarib olinadi.
O‘z navbatida, Mercedes-Benz 18 ta turli rusumdagi jami 1,8 mingta avtomashinani chaqirtirib oladi. Jumladan, 2014-yil yanvar oyidan 2015-yil noyabr oyi davomida ishlab chiqarilgan E250 Blue TEC 4Matic rusumli avtomashinalarida silindr bloki boshchasining qopqog‘i, boshqaruv rulining gidrokuchaytirgich moslamasi, chiroqlari va yuqori bosimli yoqilg‘i yetkazib berish quvuri nosoz ekanligi aniqlagan.
Izoh (0)