Ikki mingga yaqin o‘spirin ishtirokidagi bir necha janjalli to‘qnashuvlar sabab bo‘lib, politsiya Kentukki shtatining Luisvill shahridagi eng katta savdo markazini yopib qo‘ydi. Bu haqda “112.ua” bergan ma’lumotlarga asosan “Segodnya.ua” xabar qilmoqda.
Politsiyaning ma'lum qilishicha, sodir bo‘lgan mushtlashuvlarda 13 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yigitlar ishtirok etgan. Qurol ishlatilganligi haqida ham xabar berilgan bo‘lsa-da, bu xabar hozircha o‘z isbotini topmadi. Hech kim hibsga olinmadi. Bir necha kishi yengil tan jarohati oldi.
Janjal ishtirokchilarini tinchlantirish uchun politsiya ikki soatga yaqin vaqt sarfladi. Hozirgi vaqtda savdo markazi faoliyatini tikladi.
Izoh (0)