Damashq yaqinida harakatlanuvchi va “muxolifat” deb atalgan Suriyadagi guruhlarning eng nufuzli yetakchilaridan biri 25-dekabr kuni aviahujum oqibatida halok bo‘lganligi tasdiqlandi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “Vedomosti” xabar qilmoqda.
“Jaysh al-Islom” guruhining 44 yoshli yetakchisi Zaxran Allushning o‘limi, Suriya poytaxti yaqinidagi Gutu shahrini nazorat qiluvchi muxolifatga nisbatan berilgan qattiq zarba bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Jaysh al-Islom” guruhi 25-dekabr, juma kuni Damashq yaqinida o‘ldirilgan yetakchisi Zaxran Allush o‘rniga yangi rahbar sayladi.
Izoh (0)