Rossiya qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqaruvchilar Shimoliy Koreyaga pichan eksport qilishni boshladi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Pichanning 528 tonnadan iborat birinchi partiyasi Uzoq Sharq temir yo‘li orqali KXDRga yetkazildi.
24 vagon pichan Uzoq Sharq temir yo‘llarining Sibirsevo stansiyasidan “Xasan-eksportniy” chegara o‘tkazmasi orqali Pxenyangacha yetib bordi.
“Kelajakda ‘Birinchi yuk kompaniyasi’ning Vladivostok filiali KXDRga nafaqat 1520 temir yo‘l izi orqali, balki vagonlarni 1435 millimetrli tor temir yo‘l iziga o‘tkazish orqali pichanni belgilangan oxirgi punktgacha yetkazib berishni rejalashtirmoqda”, — deb ta’kidlanadi “Birinchi yuk kompaniyasi” xabarida.
Izoh (0)