Lora Jeyks va Richard Rimd Janubiy Koreyadagi biotexnologiya tadqiqotlari fondi — “Suam”ga o‘lgan itlarini klonlashtirish uchun murojaat etgan britaniyalik ilk mijozlar bo‘ldi. Iyun oyida juftlikning erkatoyi bo‘lgan Dilan laqabli itning o‘limi Lora va Jeyk uchun haqiqiy fojiaga aylangan. Bu haqda The Guardian manbalariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Suam” tadqiqotchisi Devid Kimning ma’lum qilishicha, bunday klonlashtirish laboratoriya uchun o‘ziga xos yangilik bo‘ladi, chunki jonivordan DNK namunalari o‘limidan 12 kun o‘tib olingan.
Klonlashtirilgan ikki kuchuk Rojdestvoda dunyoga kelishi kutilmoqda. Britaniyaliklar ularni olib ketish uchun Janubiy Koreyaga yetib kelgan. Bir itni klonlashtirish uchun salkam 100 ming dollar talab etiladi.
“Suam” itlarni klonlashtirish bilan shug‘ullanadigan dunyodagi yetakchi laboratoriya hisoblanadi. Fond xodimlari shu paytga qadar 700dan ziyod itni klonlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)