Ruminiyalik murabbiy George Xaji taklif qilingan ish haqini juda katta deb hisoblab, Qozonning “Rubin” futbol klubiga boshchilik qilishdan bosh tortdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
“Rubin” yiliga to‘rt million yevro to‘lash taklifini bildirganda, “Men bunday taklifga loyiq emasman”, ― dedi Xaji.
20-asrning eng yaxshi ruminiyalik futbolchisi deb tan olingan 50 yoshli Xaji ayni vaqtda Ruminiyaning “Viitorul” klubiga murabbiylik qilmoqda.
Izoh (0)