Bugun, 24-dekabr kuni 2003 SD220 asteroidi Yerdan 11 million kilometr masofada uchib o‘tadi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” AQSh aeronavtika va koinotni o‘rganish milliy boshqarmasiga tayanib. To‘qnashish xavfi istisno qilindi.
NASA xodimi Pol Kodas so‘alariga ko‘ra, asteroid Rojdestvo arafasida (katoliklar Rojdestvo arafasini 25-dekabr kuni nishonlaydi) uchib o‘tishi munosabati bilan xavfsirash uchun asos yo‘q.
Tadqiqotchilar taxmin qilishicha, osmon jismi ko‘mirsimon xondrit (C-xondrit), ya’ni tarkibida temir ko‘p bo‘lgan to‘q tusli asteroiddir. Bizga ma’lum bo‘lgan asteroidlarning taxminan 75 foizi shunday turga kiradi.
Olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 2003 SD220 soatiga 101 ming km tezlikda harakatlanib, sekin aylanmoqda. Asteroidning uzunligi 1,1 va 2,5 km oralig‘ida deb taxmin etilgan edi, endi astronomlar u 2 kilometrga tenglashayotgani, osmon jismining o‘zi tovuq oyog‘ini eslatayotganini aytmoqda.
Izoh (0)