Indoneziya sohillarida paromning cho‘kib ketishi oqibatida, qurbonlar soni yetti kishini, bedarak yo‘qolganlar esa kamida 70 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda DPA agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Hodisa Indoneziyaning markazidagi Sulavesi oroli yaqinida sodir bo‘ldi. Kema Kolaka portidan chiqib Janubiy Sulavesiga qarab yo‘l olgan edi. Paromning bortida ekipaj bilan birga 122 nafar yo‘lovchi bo‘lganligi ta’kidlanmoqda. Avvalroq, qutqarish xizmati tomonidan uch kishining jasadi topilganligi ma’lum qilingan edi.
Bundan tashqari, 22-dekabr, seshanba kuni qutqaruvchilar tirik qolganlardan yana ikki kishini topganligi xabar qilindi. Natijada, qutqaruvchilar jami 41 nafar yo‘lovchini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)