Turkiya tomonidan urib tushirilgan Su-24 “qora quti”si shu darajada shikastlanganki, undagi axborotni olishni imkoni yo‘q: 16 ta mikrosxemadan 13 tasi ishdan chiqqan, uchtasi jiddiy shikastlangan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“Hozirda axborotni mikrosxemalar kristallidan o‘qiy olish salohiyatiga ega Rossiya Federatsiyasidagi maxsus ilmiy-tekshirish muassasalarini tekshiruvga jalb etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu ishni amalga oshirish uchun, afsuski, uzoq vaqt talab etiladi. Uni muvaffaqiyatli bajarish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi, tekshiruv natijalari to‘g‘risida muntazam ravishda xabar berib boriladi”, — deya ta’kidlagan Rossiya harbiy-koinot qo‘shinlari parvozlar xavfsizligi xizmati rahbari Sergey Baynetov.
Izoh (0)