Yaponiyalik alpinist ayol Key Taniguti Xokkaydo oroli tog‘larida halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
22-dekabr, seshanba kuni politsiya uning jasadini Kurodake tog‘ tizmasidan topdi.
43 yoshli Taniguti to‘rt nafar alpinist bilan birga 1984 metr balandlikdagi cho‘qqiga chiqayotgan edi. 21-dekabr kuni u arqondan ajralib chiqib, yolg‘iz ketdi va yo‘qolib qoldi. Uni qidirish uchun politsiya otryadi, harbiy vertolyot, shuningdek, ko‘ngillilar harakat qildi.
Key Taniguti 2007-yilda Everestni zabt etgan edi. U eng mashhur alpinistlarga taqdim etiluvchi Piolet d’Or fransuz mukofotini qo‘lga kiritgan dunyodagi birinchi ayol edi.
Izoh (0)