Teraktlar natijasida ota-onasidan ayrilgan 3 yoshli go‘dak — Mustafo Haydar 20-dekabr kuni “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tgan “Real” va “Rayo Valyekano” o‘rtasidagi uchrashuvni bevosita stadiondan turib kuzatishga erishdi, deya xabar bermoqda “Stadion.uz”. Bundan tashqari bolakay “Real” kiyinish xonasiga tashrif buyurdi va jamoa futbolchilari bilan uchrashdi.
Madridlik futbolchilar bolakayning quvonchiga quvonch qo‘shgan holda unga o‘z imzolari tushirilgan “Real Madrid” futbolkalarini sovg‘a qildi.
Nashr eslatishicha, avvalroq Mustafo Haydar “Qirollik klubi” tomonidan ehtirom qilingan va o‘ksik ko‘ngli biroz bo‘lsa-da, ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)