Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati final bahsidan so‘ng “Barselona” futbolchilari bilan yoqimsiz holat yuz berdi, deya xabar beradi “Sports.uz”.
Tokio aeroportida Kataloniya klubini argentinaning “River Pleyt” jamoasi muxlislari qarshi olib, haqorat qildi. Ularning ba’zilari tiliga juda erk berib yuborgan, hattoki hujumchi Lionel Messiga tupurgan.
Bu orada bir necha futbolchi bilan birga bosh murabbiy Luis Enrike vaziyatni yumshatishga harakat qilgan. Shuningdek, argentinalik muxlislar o‘z vaqtida “River Pleyt” sharafini himoya qilib, shu darajaga yetib kelgan Xavyer Maskeranoni alohida “nishonga olgan” va qaysi jamoadan chiqib kelganligini eslatib qo‘ymoqchi bo‘lgan.
Nashr eslatishicha, finalda Kataloniya klubi Luis Suaresning dubli va Lionel Messining bitta goli evaziga 3:0 hisobida zafar quchib, mazkur turnirni o‘z tarixida 3-marta qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)