“Barselona” forvardi Luis Suares klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida beshta to‘p kiritib, rekord o‘rnatdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Urugvaylik hujumchi yarim finaldagi “Guanchjou Evergrand” bilan o‘yinda xet-trikka erishgan bo‘lsa, “River Pleyt”ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Bu vaqtgacha hech bir futbolchi klublar o‘rtasidagi JChda 5 ta to‘p kiritmagan edi.
Bundan tashqari, Suares ushbu musobaqa tarixida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi.
Final o‘yini yakuniga yetganidan so‘ng urugvaylik futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida oltin to‘p bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, finalda “River Pleyt”dan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan “Barselona” 3 karra jahon chempioniga aylandi.
Izoh (0)