Rossiyaning Tula shahri politsiyasi 13 yoshli qizning to‘qqiz qavatli uyning tomidan qulab ketishi bilan bog‘liq hodisa vaziyatlarini aniqlamoqda. O‘zini suratga olishga uringan maktab o‘quvchisi muvozanatni yo‘qotib, pastga qulab ketgan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Politsiya bo‘limiga 13 yoshli qizning ko‘p qavatli uyning tomidan qulab ketishi oqibatida yopiq bosh-miya shikastlanishi, bosh-miya chayqalishi, umurtqa pog‘onasining yopiq sinishi tashxislari bilan kasalxonaga yotqizilganligi haqida xabar kelib tushgan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, qiz do‘stlari bilan tomda selfi olishga uringan. Biroq tortilgan simni payqamay qolib, unga surinib ketish oqibatida pastga qulab tushgan.
Hozirgi paytda politsiya hodisa vaziyatlarini aniqlamoqda.
Izoh (0)