AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter iroqlik harbiylar halok bo‘lishiga olib kelgan Amerika harbiy samolyotlari zarbasini “ikki tomonning xatosi” deb atadi. Bu haqda 19-dekabr, shanba kuni USA Today ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
“Koalitsiya harbiy-havo kuchlari Iroq vertolyotlari yomon ob-havo sharoiti tufayli ucholmagani uchun al-Falluja shahrida quruqlikdagi qo‘shinlar harakatlanishi himoya qilayotgandi. Yanglishib berilgan zarba oqibatida jami to‘qqiz kishi, jumladan, armiya zobiti halok bo‘lgan”, — deya tasdiqladi Iroq mudofaa vaziri Xolid al-Ubaydiy.
Izoh (0)