Iroqda 1972-yildan beri birinchi marotaba o‘tkazilgan “Iroq go‘zali” tanlovining oliy unvoniga 20 yoshli Shalma Abdulrahmon ega bo‘ldi. Bu haqda AFP bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Mamlakat navbatdagi “Olam go‘zali” tanlovida ishtirok etish niyatida musobaqani xalqaro andozalarga imkon darajada yaqinlashtirilgan tarzda o‘tkazgan bo‘lsa-da, ishtirokchilarning cho‘milish kiyimida chiqishiga ruxsat berilmadi.
“Iroq go‘zali” tanlovi so‘nggi marotaba 1972-yilda bo‘lib o‘tib, unda Vijdon Burxon ad-Din Sulaymon g‘olib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, “Olam go‘zali — 2015” tanlovi g‘oliblari internetda o‘zlarining makiyajsiz suratlarini namoyish etgan edi.
Izoh (0)