Air France aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777 samolyoti, layner hojatxonalarining birida shubhali buyum topilganidan so‘ng, Keniyaning Mombasa shahri aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Politsiya vakillarining ma’lum qilishicha, layner ekipaji va 459 nafar yo‘lovchisi xavfsiz joyga ko‘chirilgan, samolyot bortidan topilgan buyumni esa mutaxassislar ko‘zdan kechirmoqda.
Samolyot Mavrikiydan Parij tomon parvoz qilayotgan edi. Yo‘lovchilar 20-dekabr kuni oqshomda Mombasadan Parijga uchib ketishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)