O‘zbekistonlik 17 yoshli Sanjar Tursunov Gnesin-Jazz 2015 V Xalqaro yosh ijrochilar jaz festival-tanlovida ikkinchi mukofot va “Eng yaxshi pianinochi” nomini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Festival 1—6-dekabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tdi.
Sanjar — Toshkentdagi Uspenskiy nomli Respublika ixtisoslashtirilgan musiqiy akademik litseyning “klassik fortepiano” yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi kurs o‘quvchisidir. U tanlovda o‘zbekistonlik yagona ishtirokchi bo‘lgan.
Izoh (0)