“Daryo”da doimiy rukn — har ish kuni eng muhim yangiliklarning kechki dayjesti berib boriladi.
1. O‘zbekiston Braziliya bilan hamkorlikning qulay rejimini o‘rnatdi. Bu — bojxona imtiyozlari, import qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishga solinadigan soliqlar va yig‘imlarga nisbatan afzalliklar taqdim etish degani.
2. Financial Times Merkelni yil odami deb atadi. Germaniya kanslerini bungacha AQShning Time jurnali ham “Yil odami” deb e’lon qilgandi.
3. Saudiya Arabistonida 20 nafar ayol saylovlarda g‘olib chiqdi. Bu, albatta, Saudiya Arabistoni uchun sensatsiya. Fransiyada ham sensatsiyaga bir bahya qolgandi, biroq mahalliy saylovlarning ikkinchi turida Sarkozining partiyasi millatchilarga imkon qoldirmadi.
4. YeChLning 1/8 finalida “Barselona” “Arsenal” bilan, “Yuventus” esa “Bavariya” bilan o‘ynaydi. “Manchester Yunayted” va Odil Ahmedovning raqiblari esa Yevropa Ligasida.
5. Rayhon konsert uchun tayyorlagan reklama bannerlariga zanjir tufayli ruxsat berilmagani uchun tushkunlikka tushib qoldi. Shunaqasi ham bo‘lar ekan. O‘rni kelganda — Vazirlar Mahkamasi ayniqsa “O‘zbeknavo”ning faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi.
Izoh (0)