O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 14-dekabr kungi qarori (pdf) orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani berish bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlandi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan belgilangan ilovaga muvofiq shakldagi ma’lumotnoma ularning so‘roviga asosan rasmiylashtirib beriladi.
Ariza mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Quyidagi hollarda ma’lumotnoma berilmaydi:
- Prezident tomonidan navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qabul qilingan qarorga asosan chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan bo‘lsa;
- chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqirilgan, biroq shartnomaga muvofiq Moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga tegishli pul badallarini belgilangan muddatda to‘lamagan bo‘lsa.
Chet elga bormoqchi bo‘lgan harbiy guvohnomasi bo‘lmagan chaqirilish yoshidagi shaxslarga belgilangan ilovaga muvofiq shakldagi ma’lumotnoma belgilangan tartibda beriladi.
Izoh (0)